So’nggi yangiliklar

10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  2 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  1 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  3 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  8 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  20 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2

"Bunyodkor" superkambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Bunyodkor" superkambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" bahsi yakunlandi.

"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 3:2

29.06.2025, 19:00, "Do'stlik" stadioni

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Mamur Saidkasimov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Rishat Nugmanov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 0:1 – 26, Zoir Jo'raboev (Lyupcho Doriev), 0:2 – 39, Stanislav Andreev, 1:2 – 45, Nosir Abdusalomov (Temurxo'ja Abduxoliqov), 2:2 – 71, Luis Kachorri, 3:2 – 77, Muzaffar Olimjonov

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikolos Mali (4. Najmiddin Normurodov, 56), 6. Boburbek Yo'ldoshev, 7. Odiljon Hamrobekov, 9. Imeda Ashortiya (74. Luis Kachorri, 61), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 15. Marko Bugarin, 21. Nosir Abdusalomov (66. Azizbek To'lqinbekov, 82), 25. Itsuki Urata, 57. Amir To'raqulov (8. Martin Shroyler, 56), 77. Muzaffar Olimjonov (30. Sardor Abdunabiev, 82)

Zaxira: 13. Hamidillo Abdunabiev, 10. Rasul Yo'ldoshev, 17. Ollobergan Karimov, 22. Azizbek Amonov

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 7. Xondamir Mustafoqulov, 8. Suhrob Izzatov, 9. Samandar Mavlonqulov, 14. Lyupcho Doriev, 19. Javohir Qahramonov, 28. Stanislav Andreev (17. Ehsoni Panshanbe, 74), 32. Nodirbek Soyibov (42. Sardorbek Erkinov, 90), 77. Luka Jorjevich (99. Umid Sultonov, 67)

Zaxira: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 11. Sahob Rashidov, 18. Oybek Nurmatov, 34. Dilshod Misiraliev, 44. Abdulaziz Abdurahmonov, 46. Inomjon Abdumajidov

Ogohlantirish: Amir To'raqulov (48), Marko Bugarin (66)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Mavlonqulov raqib jarima maydonidagi taloto'pdan unumli foydalana olmadi.

90+1. Abduxoliqov hujumda raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

82. "Bunyodkor"da yana ikki o'zgarish bo'ldi.

77. GOL! Yana Shrolerning zarbasidan qaytgan to'pni bu safar Olimjonov "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi!

74. "So'g'diyona"da o'zgarish amalga oshirildi.

71. Shrolerning zarbasidan so'ng "So'g'diyona" darvozabonidan qaytgan to'pni Kachorri raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

67. "So'g'diyona"da o'zgarish amalga oshirildi.

66. Qahramonovni qo'pollik bilan to'xtatgan Bugarin ogohlantirildi.

65. Dorievning navbatdagi urinishi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

62. Jorjevichning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasini Abdujalilov qaytardi, qaytgan to'pghni Doriev darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

61. "Bunyodkor" yana bir o'zgarishga qo'l urdi.

56. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish amalga oshirildi. 

52. "So'g'diyona" standart vaziyatga ega bo'ldi. Himoyachilarga yordamga kelgan Abduxoliqov to'pni qaytardi. Navbatdagi hujum esa mehmonlarning bir necha xavfli zarbalari bilan yakunlandi.

48. Turaqulov to'pni bo'ysundirishda xatoga yo'l qo'yib, yakunda Qahramonovga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

48. Abdusalomov tomonidan yo'llangan jarima zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL! Abdusalomov o'ng oyoqda raqib darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni qisqartirdi!

43. Qahramonov tomonidan yo'llangan zarbani "Bunyodkor" posboni egallab oldi.

39. GOL! Andreev Dorievning zarbasidan so'ng "Bunyodkor" posbonidan qaytgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

36. Abduxoliqov yo'llagan zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi, hatto zarbaga ham o'xshamadi.

30. "Bunyodkor"ning ketma-ket ikki burchak uzatmasi samarasiz yakunlandi.

26. GOL! "So'g'diyona" hisobni ochdi! Dorievning uzatmasidan so'ng Jo'raboev bosh bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

24. Dorievning zarbasidan so'ng to'p Uratadan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

23. Abduxoliqov ofsaydga tushib qoldi.

23. Jorjevichning kuchsiz uzatmasi "Bunyodkor" darvozabonining qo'llariga borib tushdi.

21. Malining o'ng qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi. Erkin zarba.

19. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Abduxoliqov to'xtatmasdan darvoza tomon yo'lladi, zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

15. Abdusalomov uzatmasini Mitrovich egallab oldi.

14. Olimjonov chap qanotdan oldinga bordi va yakunda burchak zarbasi ishladi.

13. Ashortia hujumda raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Hozircha deyarli ko'zga ko'rinarli vaziyat sodir etilgani yo'q.

8. Jorjevich tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

6. "Bunyodkor" burchak zarbasi ishlab oldi. Abdusalomovning uzatmasini "So'g'diyona" darvozaboni urib yubordi.

5. Hozircha xavfli hujum tashkil etilmadi. Jamoalarda hujumdagi aniqlik biroz oqsamoqda.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "So'g'diyona" och pushti rangli liboslarda to'p tepadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
29 iyu 20:40:33
Odil kichkina
Олға далбаёплар 0--2 ни 3--2 қилдиларингми олға далбаёплар силардан далбаёплар армияси чиқади футболчимас
+2   
29 iyu 20:10:29
Акрамжон
Шу Элдор шархласа мазза киворадида одам! Каттан топаркин бунака тумтаракай сузларни! Чеквоганмикин?
+1   
29 iyu 21:02:35
Mahmud Ttww
Анови Жорж морж бир тийинга қиммат ўйинчи экан, Қаҳрамонов ҳам жамоага фойдасидан зарари кўп, хуллас катта тозалаш ўтказиш керак, Дориев агар кетса хужумда катта ноль бўлади. Бугун қанча имконият қўлдан берилди.
   
29 iyu 22:33:58
Фарход
Футбол узи бир кизик уйин. Нефтчи билан Бунёдкор курсаткичи бир хил лекин Бунёдкор ни олкишлашади Нефтчи ни ерга урадилар, битта иккита Искадаровга ухшаган футболистлар учун Нефтчи чемпион булиши керак дегани эмаску. Зейтуллаев узбек Гвардиолияси булса Левченко кким унда. Яна бир илтимос клублар бюджетини очиклаб беринглар барака топкурлар. Коментларда ёщилишича Нефтчи бюджети Реал ва Ман.сити га тенг деб ёзилияпти шу ростми
   
29 iyu 22:12:26
Burhonbek Abdumo'minov
Zeytullayevdan yaxshi murabbiy chiqadimi deyman
   
29 iyu 21:20:40
Shovruq88
Omad juda yuz oʻgirvordida shu Soʻgʻdiyonadan
Achinarli!Ha mayli oʻzini tiklab olar!
   
29 iyu 21:03:45
Санжар
Далбанлар Ахадов урни билинди
   
29 iyu 20:40:39
Бахтиёр Ашуров
Акрамжон foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу Элдор шархласа мазза киворадида одам! Каттан топаркин бунака тумтаракай сузларни! Чеквоганмикин?
Лекин қўрқмаслан. Қоғозга ўрамай гапиради!
   
29 iyu 19:59:32
Guj Gik
Do‘stlik stadioniga xush kelibsizlar
   
29 iyu 19:57:17
Kozimbek
Soʻgʻdiyona yahshi boshladi koʻz tegmasin inshaalloh.Nasib boʻlsa 2:4 hisobida gʻalaba qozonsin
   
29 iyu 19:46:45
@Javdat
Uchrashuv Do'stlik stadionida bo'lib o'tmoqda. Bunyodkor stadionida ayollar jamoalari futbol o'ynamoqda))
   
29 iyu 19:46:03
Marufzhon Kholmatov
Akmalxon Saidov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu qaysi station qani professionalik
Дўстлик стадиони деб ёзиб қўйилганку
   
29 iyu 19:43:42
Akmalxon Saidov
Bu qaysi station qani professionalik
   
29 iyu 19:39:51
Санжар
Сугдиена уйгоняпти энди
   
29 iyu 19:26:00
Ruslan
Adminlar aniq lokositsiyani yozsalaring bo'lmaydimi shuncha odamlarni ovora qilib.
championat.asia
Яндекс.Метрика