09 dek 2018 21:32

Superliga-2018. "Qo'qon-1912"da 23, "Paxtakor"da 26, "Loko"da 30 va "Neftchi"da 37

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
2018 yilgi Superliga bahslari yakuniga etgach turli statistik malumotlarni taqdim etib borayapmiz.

Bugun klublar safida bir yil davomida necha nafar futbolchi maydonga tushganiga etibor qaratamiz.

No'mon Hasanov 2018 yilda Superligada atiga 23 nafar futbolchining xizmatlaridan foydalandi. "Qizilqum" va "Bunyodkor" safida 25 nafardan futbolchi maydonga tushdi.

Mavsum antirekordi esa Farg'onaning "Neftchi" klubiga tegishli bo'ldi. Vodiy klubi safida bir mavsum davomida oz emas ko'p emas 37 nafar futbolchi o'ynadi.

2018 yilgi Superligada klublar safida qancha futbolchi maydonga tushdi?

"Qo'qon-1912" - 23
"Qizilqum" - 25
"Bunyodkor" - 25
"Navbahor" - 26
"Paxtakor" - 26
"Nasaf" - 28
"Lokomotiv" - 30
"Buxoro" - 30
AGMK - 31
"Metallurg" - 31
"So'g'diyona" - 33
"Neftchi" - 37


Bu xabar bilan bo'lishing:
  -8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика