Shomurodovning yangi jamoasi deyarli malum. Muzokaralar yakuniy bosqichda
03 iyu 07:28
Yangiliklar


Shomurodovning yangi jamoasi deyarli malum. Muzokaralar yakuniy bosqichda
“Roma“ hujumchisi Eldor Shomurodov “Istanbul Bashakshexir“ga o'tishga yaqin.
Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.
Turkiyalik insayder Salim Manavaning xabar berishicha, istanbulliklar futbolchining o'zi va “Roma“ bilan kelishuvga erishgan.
Avvalroq, Turkiya klubi O'zbekiston MTJ sardoriga 8 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov o'tgan mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golga assistlik qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar