So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  11 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

Rasman: O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini serbiyalik murabbiy boshqaradi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini serbiyalik murabbiy boshqaradi

Avvalroq, futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod bo'lib turgan Lyubinko Drulovich bilan muzokara olib borilayotgani haqida xabar qilgandik.

Bugun, 23 yanvar kuni Milliy olimpiya qo'mitasida serbiyalik murabbiy bilan rasman shartnoma imzolash marosimi tashkil qilindi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, murabbiy Lyubinko Drulovich va uning yordamchilari, O'FA mutasaddilari ishtirok etishdi.

"O'zbekiston futboliga hush kelibsiz. Bizning asosiy maqsadimiz Tokio 2020 Olimpiadasiga yo'llanma olishdir. Bu yo'lda terma jamoamiz uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Sizga murabbiylar shtabida o'zbekistonlik mutaxassis Ravshan Haydarov yordam beradi. CHunki, u ushbu tarkibdagi futbolchilarni yaqindan biladi", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida serbiyalik murabbiy bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi va o'z oldiga qo'yilayotgan vazifani bajarish uchun astoydil mehnat qilishini takidlab o'tdi.

"Avvalambor menga bildirilayotgan ishonch uchun o'zim va yordamchilarim nomidan rahmat aytaman. Biz birgalikda harakat qilib, Tokio Olimpiadasiga bora olamiz. Umid qilamanki, hamkorligimiz samarali bo'ladi", - dedi Drulovich.

SHundan so'ng tomonlar rasman shartnoma imzoladilar. Marosim yakunida murabbiy uchun esdalik libosi taqdim etildi.

Yangi murabbiy bilan kelishuv Tokio 2020 Olimpiadasiga qadar amal qiladi.

Malumot uchun:

Lyubinko Drulovich

Fuqaroligi: Serbiya
Tug'ilgan sanasi: 11 Sentyabr 1968 (50 yosh)
Murabbiylik darajasi: UEFA «PRO» diplomi egasi (2007 yil)
Eng katta yutug'i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Evropa chempionatida g'oliblikka erishgan

Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:
1. Angola Superkubogi G'olibi – «Agosto» FK 2010-2011
2. Evropa U-19 CHempionati g'olibi – Serbiya 2013
3. «Partizan» FK bilan Evropa ligasi ishtirokchisi – 2015-2016
4. BAA U-19 bilan final qismiga yo'l olgan – 2017 yil

SHaxsiy yutuqlari:

Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil.

 

 

Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика