So’nggi yangiliklar

12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  24 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  2 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5

"Qizilqum" jiddiy ogohlantirildi, ammo futbolchilarini Superliga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin Yangiliklar

"Qizilqum" jiddiy ogohlantirildi, ammo futbolchilarini Superliga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin

Navoiyning "Qizilqum" futbol klubi Superliga uchun qo'yilgan minimal talablarni birinchilardan bo'lib bajardi.

Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi. Bunga qadar klub yillar davomida o'z futbol akademiyasini bunyod etish masalasini paysalga solib keldi. Endi esa "Qizilqum" O'FA qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol akademiyasining Navoiy filiali bilan hamkorlik shartnomasiga ega.

O'tgan mavsumda "Qizilqum" klubining uy stadioni maysasi qoniqarli ko'rinishga keltirilgandi. Ayni vaqtda klub chimni yaxshi holatda saqlashning texnik choralarini ko'rgan. Stadionni yoritish tizimi minimum talabga mos keladi. PFL komissiyasi bu borada martga yaqin o'zining yakuniy xulosasini taqdim etadi.

Unga qadar esa "Qizilqum" o'z shtabi, futbolchilar, murabbiylarni PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin. Bunda klub PFL tomonidan taqdim etilgan shartnomalardan foydalanadi va reglamentda talab qilingan barcha shartlarga rioya qiladi.


SHuningdek, "Qizilqum" futbol klubi O'FA tomonidan jiddiy ogohlantiriladi. 2018 yil yakunlariga ko'ra OFK shubhali deb topgan o'yinlarning aksar qismida "Qizilqum" futbol klubining nomi ko'rsatilgan. Ular garchi faktlar bilan isbotlanmagan bo'lsa-da, bunday ro'yxatda bir klub nomining qayta va qayta kelishi juda shubhalidir. 2019 yilgi mavsumda klub rahbariyati bu masala yuzasidan tegishli choralarni ko'rmasa va ahvol shu taqlid davom etsa, O'FA jamoaga nisbatan jiddiy sankciyalar qo'llaydi. Buning uchun tashkilotga OFK tomonidan taqdim etilgan shubhalilar ro'yxatida bir necha bor qayd etilishning o'zi kifoya. "Qizilqum" Superliga talablarini qoniqarli bajargani kabi, sog'lom raqobat masalasida ham eng to'g'ri yo'ldan yurishi shart.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика