So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  1 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Navbahor"

11-turda yana bir vodiy derbisi guvohiga aylanamiz.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Navbahor (Namangan)

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Samandarov (Navoi), O. Jumaev (Navoi), A. Rahimov (Andijon)

Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).


“Qo'qon-1912” hamda “Navbahor” klublari oliy ligada shu kungacha 18 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 12ta o'yinda g'alaba qozongan. 4ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 40:21. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 38 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 14 ochkoni qo'lga kiritgan. “Lochinlarning”ning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 5:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 3:2.

Bu jamoalar so'nggi bor 2003 yil oliy ligada to'qnash kelishgan. Namangandagi uchrashuvda 5:1 hisobi qayd etilgan. Sergey Andreev (ikkita), SHuxrat Mirxoldirshoev, Sergey Esin va SHuxrat Yusupov (avtogol) mezbonlar safida, Muhiddin Abduvaliev mehmonlar safida gol urgandi. Qo'qonda ham “Navbahor” zafar quchgan. No'mon Hasanov mezbonlar tarkibida, SHuxrat Mirxoldirshoev va Jasur Hasanov namanganliklar safida gol urishgan – 1:2.

“Qo'qon-1912” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.08.2003 Qo'qon-1912 - Navbahor 1:2
09.11.2002 Qo'qon-1912 - Navbahor 1:0
22.06.2000 Qo'qon-1912 - Navbahor 1:4
28.03.1999 Qo'qon-1912 - Navbahor 3:2
09.05.1998 Qo'qon-1912 - Navbahor 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qo'qon-1912” o'z maydonida o'tkazgan 9ta o'yinning to'rttasida g'olib chiqqan. Ikkita bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan. Qolgan 3ta uchrashuvda “Navbahor” safarda uch ochkoni o'ziniki qilgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика