So’nggi yangiliklar

20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1

O'zbekiston Superkubogi. Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv"dan qo'rqmaymiz" Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi. Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv"dan qo'rqmaymiz"

O'zbekiston Superkubogi oldidan Toshkentdagi "Samarqand Darvoza" ko'ngilochar savdo majmuasida o'ziga xos tadbirlar o'tkazilmoqda.

Tadbir ikki qismdan iborat: Birinchisida Superkubok ishtirokchilari (murabbiy va futbolchilar) muxlislar va jurnalistlar savollariga javob qaytarishadi. Keyingi qismda esa muxlislar o'z suyukli futbolchilaridan esdalik uchun dasxat olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dastlab AGMK jamoasi azolari tadbir qatnashchisiga aylanishdi.

Mirjalol Qosimov: "Ertaga bizni juda qiziqarli uchrashuv kutmoqda. Fursatdan foydalanib barchani ertangi Superkubok bahsiga taklif etamiz. CHunki aynan muxlislar to'la stadionda o'ynash futbolchilarga ham o'zgacha ruh va kayfiyat ulashadi".

- Jamoa yaqinda OCHL doirasida "Al Nassr"dan yirik mag'lubiyatga uchradi. SHundan kelib chiqadigan bo'lsak, ertangi o'yin oldidan jamoaning ruhiy va jismoniy holati qay darajada?

- Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon va shunisi bilan ham futbol qiziqarli sport turi hisoblanadi. Men futbolchilarga ishonaman, ertaga ular bir jamoa sifatida birlashib, muxlislarimiz uchun kerakli natijaga erishamiz degan umiddaman.



- "Lokomotiv" jamoasining qaysi chizig'i sizni ko'proq cho'chitmoqda?

- CHo'chiydigan joyim yo'q. "Lokomotiv" kuchli va hurmatga loyiq jamoa. Ertaga oson o'yin bo'lmaydi. Lekin men o'z jamoamga ishonaman.

- AGMK Superkubokka qadar ikkita rasmiy bahsda maydonga tushdi va malum o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. "Loko"da esa o'yin amaliyoti yo'q. Bu jihat jamoaga qandaydir ustunlik beradimi?
- Qaysidir manoda ustunlik berishi mumkin. Lekin biz ham uzoq parvozdan keldik. SHuningdek, Superkubok bir o'yindan iborat bahs. Bunday uchrashuvlarda istalgan natija qayd etilishi mumkin. "Lokomotiv" kuchli va tarkibida mahoratli futbolchilarga ega jamoa. Ularga bu narsa katta tasir qiladi deb o'ylamayman.

- AGMK kubokdagi bir o'yinlik bahslarda "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Istiqlol"ni mag'lub etdi. "Al Nassr"dan esa mag'lubiyat qabul qilindi. Ertangi bahsda tarkib va o'yin uslubini tanlashda mazkur o'yinlar ham sizga xulosa chiqarishda yordam beradimi?

- Men qo'l hozirgi qo'l ostimdagi futbolchilar xizmatidan foydalanaman.



Akmal SHorahmedov: "Lokomotiv" jamoasi kuchli raqib. Buni anglagan holda o'yinga jiddiy taraddud ko'rdik. Muhimi, ertaga stadion muxlislar bilan to'lib tursa o'ynash yanada yoqimli bo'ladi."

Jasur Hasanov: "OCHLdagi mag'lubiyatni esdan chiqargan holda ertangi bahsda g'alaba uchun maydonga tushamiz".

Akbar To'raev: "Ertangi bahsda faqat va faqat g'alabani o'ylayapmiz va mo'jazgina sovrin bilan muxlislarimizni xursand etmoqchimiz".

Bobur Yuldoshev: "Lokomotiv"da ko'p o'ynaganman va sobiq jamoamga qarshi bahslashish qiziq bo'ladi. O'tgan mavsumda ham "Neftchi" tarkibida "Loko"ga qarshi o'ynagandim. Ertaga men Superkubokka ega chiqmoqchiman. AGMK hozir faqat g'alabani o'ylamoqda".

Zohir Pirimov: "O'tgan yili jamoa o'z tarixida yangi sahifa ochgandi. Ertaga ham klub muzeyini yana bir sovrin bilan to'ldirib qo'yish istagida yonmoqdamiz".



Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика