O'zbekiston Rossiyaga qarshi ko'k libosda harakat qiladi

Sherzod Nurmatov
19 noya 2022, 13:11
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Mazkur bahs oldidan tashkiliy qo'mita a'zolari hamda jamoalar vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ertangi o'yinning bir qator masalalari, xususan, media, marketing va tibbiy yo'nalishlari muhokama qilindi.



Kelishuvga ko'ra, uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq ko'k rangda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi. 

Uchrashuv soat 17:00 da “Paxtakor” stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати