11 dek 2018 14:24

O'zbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi shiori malum bo'ldi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Xabaringiz bor, kelasi yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "F" guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo'yiladi. Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy saytida har bir terma jamoaning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi.

Terma jamoamiz uchun 3ta shior varianti taqdim etilgan edi:

"KUCH BIRLIKDA" — "FORCE IN UNITY"
"BITTA OSIYO. BITTA JAMOA, BITTA ORZU" — "ONE ASIA. ONE TEAM. ONE DREAM"
"BIZ SHU ERDAMIZ. O'ZBEKISTON" — "HERE WE ARE. UZBEKISTAN"

Ovoz berish yakuniga ko'ra 

"BIZ SHU ERDAMIZ. O'ZBEKISTON" — "HERE WE ARE. UZBEKISTAN" shiorni g'olib bo'ldi.

Aynan mana shu shior Osiyo Kubogi davomida terma jamoamizni olib yuradigan avtobusda aks etadi. 


Bu xabar bilan bo'lishing:
  +24 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика