"Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini "Traktorsozi" jamoasida davom ettiradi. Bu haqida totalfut_plus nashri xabar bermoqda.
Malumot uchun, "Traktorsozi" amaldagi Eron chempioni hisoblanadi.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "qaldirg'ochlar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.