10 dek 2018 12:45

O'zbekiston milliy chempionatida eng ko'p gol urgan futbolchilarni bilasizmi?

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O'zbek futboli statisti Baxtiyor SHirinov telegramdagi o'z kanalida turli qiziqarli malumotlarni berib bormoqda.

O'zbekiston futboli tarixiga nazar solsak, har bir davrning o'z goleadorlari bo'lgan. Uzoq o'tmishga nazar solsak, Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimovlar to'purarlar ro'yxatida bo'lishgan. Ularning ishini keyinchalik Igor SHkvirin, Oleg SHackix, Rustam Do'rmonov, Ravshan Bozorov kabi forvardlar davom ettirishdi. Milliy chempionatimizda birinchi bo'lib 100lik marrani Oleg SHackix zabt etgan. SHackix og'ir jarohat olmaganda balki navbatdagi marralarni ham birinchi bo'lib zabt etardi. Unga 100likka kirishi uchun 6 mavsum kifoya qilgan xolos. Aniqroq aytadigan bo'lsak, 1992 yil 1-liga vakili "Politotdel"ga ijaraga berilgan Oleg, mavsumning so'nggi 2 uchrashuvida "Paxtakor"ga qaytadi va oliy ligada o'z gollari hisobini ochadi. 1993 yildan u yana elitaga chiqqan "Politotdel" safiga qaytadi. Uning goleadorligi "Navbahor"da ham davom etdi.

Ortda qolgan 27 mavsum davomida 21 futbolchi 100lik marrani zabt etdi. Ikki futbolchi Anvar Berdiev va Zafar Xolmurodov 200lik marraga ham etishga ulgurgan. Zafar bu borada birinchi bo'lgandi. Ammo keyinchalik Anvar undan o'zib ketishga erishdi. Hozirda to'purarlar ro'yxatini Anvar Berdiev boshqarib bormoqda, - deb yozadi SHirinov o'z kanalida.


O'zbekiston milliy chempionati to'purarlari (1992-2018)


#

Futbolchi

Gol

1

Anvar Berdiev*

225

2

Zafar Xolmurodov

200

3

SHuhrat Mirxoldirshoev

194

4

Baxtiyor Hamidullaev

178

5

Jafar Irismetov

174

6

Ravshan Bozorov

171

7

Umid Isoqov

171

8

Anvar Soliev

164

9

Oybek Usmonxo'jaev

157

10

Rustam Do'rmonov

133

11

Farid Xabibullin

131

12

Muxtor Qurbonov

128

13

No'mon Hasanov

125

14

Nosir Otaqo'ziev

117

15

Server Jeparov

111

16

SHuhrat Rahmonqulov

108

17

Nematullo Quttiboev

106

18

Oleg SHackix

105

19

Artur Gevorkyan*

105

20

Vali Keldiev

104

21

Zayniddin Tojiev

102

22

Igor Taran*

95

23

SHahboz Erkinov*

95


* - hozir o'ynayotgan futbolchilar.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +13 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика