Osiyo Kubogi yulduzlaridan birini "Yuventus" sotib olmoqchi
30 jan 2019 16:58
Yangiliklar


Osiyo Kubogi yulduzlaridan birini "Yuventus" sotib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogi yulduzlaridan birini sotib olish niyatida.
"Keksa sinora" Iroq terma jamoasi hujumchisi Mohanad Alini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Malumotlarga ko'ra. "Yuventus" Mohanad Alining transfer huquqlariga egalik qiluvchi "Al-SHorta" klubiga futbolchi uchun 900 ming evro taklif qilgan. Hujumchi bungacha "Galatasaroy", "Benfika", AEK, "Slaviya" (Praga), "Al-Ayn" va "Genk" klublarining 600-800 ming evro atrofidagi takliflarini rad etdi.
18 yoshli futbolchi Osiyo Kubogida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mohanad Ali hozirgacha Iroq terma jamoasi safida 15ta uchrashuv o'tkazib, raqib darvozasini 8 marta ishg'ol qildi.
Oldinroq, Osiyo Kubogining boshqa yulduzi Sardor Azmun "Zenit"ga o'tishi mumkinligi, unga egalik qiluvchi "Rubin" 10 mln. evrolik taklif olgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar