So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. Xitoy - Eron Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. Xitoy - Eron

Osiyo Kubogida chorak final o'yinlari start oladi.

Musobaqa g'olibligiga asosiy davogarlardan biri Eron bugun kechqurun Xitoy termasi bilan kuch sinashadi. Ab Dabidagi "Muhammad bin Zayed" stadionida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Xitoy
Hozircha musobaqada 4ta o'yin o'tkazgan Xitoy terma jamoasi shundan uchtasida g'alaba qozondi. Marchello Lippi shogirdlari Qirg'iziston, Filippin va 1/8 finalda Tailanddan ustun kelishdi. Ular faqat guruh o'yinlarida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugun xitoyliklarni nihoyatda qiyin bellashuv kutib turibdi, chunki Eron bilan tengma-teng bahslashish oson bo'lmaydi.

Eron
Eron hisobida ham to'rtta o'yindan so'ng uchta g'alaba bor, lekin bu jamoa mag'lub bo'lmagan. Forslar guruh bosqichida Yaman va Vetnamni mag'lub etib, Iroq bilan durang qayd etishdi. 1/8 finalda esa Ummon uyga jo'natildi. Qizig'i shundaki, to'rtta uchrashuvda Eron hali birorta gol o'tkazmadi. To'plar nisbati 9-0. Bu jihatdan Eron musobaqadagi yagona jamoa bo'lib turibdi.

O'yindan oldingi fikrlar

Marchello Lippi (Xitoy termasi bosh murabbiyi): "SHubhasiz, Eron Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular jahon chempionatida juda yaxshi o'ynashdi. Raqibda kuchsiz tomonlarni ko'rmayapman. Bu jamoani yutish uchun taktik juda puxta o'ynash kerak. Xato qildingizmi tamom, Eron ayab o'tirmaydi".

Karlush Keyrush (Eron termasi bosh murabbiyi): "Futbolda o'yinlar bir-biriga o'xshamaydi. Hammasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak. Xitoyga qarshi bahs biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jamoaga qarshi oldin ham o'ynaganmiz va raqibning kuchli-kuchsiz tomonlarini yaxshi bilamiz. Marchello Lippi hurmatga sazovor murabbiy, u yaxshi jamoani shakllantira oldi. Bu o'yinda biz favorit emasmiz".

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика