So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

O'FA mutasaddilari Germaniya futbol federaciyasi vakillari bilan uchrashishdi Yangiliklar

O'FA mutasaddilari Germaniya futbol federaciyasi vakillari bilan uchrashishdi

Teglar :  GermaniyaO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federaciyalari bilan yaqin aloqalar o'rnatib, o'zbek futboli rivoji yo'lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.

Jumladan, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi Sanat SHaripov va O'FAning Evropadagi vakili Dilshod Ro'zmetov Germaniya futbol federaciyasida bo'lib, nemis futboli mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazishdi. Jumladan, Germaniya futbol federaciyasi Xalqaro aloqalar  va strategik loyihalar bo'yicha mutaxassis Patrik Motgomeri uchrashuv davomida Germaniya futboli bosib o'tgan rivojlanish yo'li haqida gapirib berdi. SHuningdek, nemis futbol akademiyalarida yo'lga qo'yilgan ish faoliyati, yosh futbolchilarni tarbiyalash, bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish bo'yicha Germaniyada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil malumot berdi. 

Uchrashuv davomida nemis futbol mutaxassislarini yurtimizga olib kelish, ular ishtirokida bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarida turli seminar va o'quv kurslari o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi. SHuningdek, "Bavariya", "Ayntraxt" klublari akademiyalari bilan yaqin hamkorlik o'rnatish va bu hamkorlik doirasida yurtimizdagi bolalar futboli bo'yicha murabbiylarni malaka oshirish uchun Germaniyaga yuborish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida o'zaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish bo'yicha ham muhokama o'tkazildi. SHu yilning may oyida Berlinning U-18 jamoasi mamlakatimizga tashrif buyuradi hamda O'zbekistonda bu jamoa bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladigan bo'ldi.

Uchrashuv yakunida Germaniya futbol federaciyasi vakillariga O'FA nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика