So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  2 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Nihoyat! Mourino UEFAni aldaganini tan oldi Yangiliklar

Nihoyat! Mourino UEFAni aldaganini tan oldi

Joze Mourino arablarning "beIN Sports" telekompaniyasiga ajoyib intervyu berdi.

U Klopp va Gvardiolaga hasad qilishini, MYU rahbariyatiga yashirincha arz qilib, ular yaqin vaqtlarda o'zlarining katta kuchini yo'qotishini aytgan. Bu murakkab va jiddiy mavzular orasida eng quvnog'i bo'ldi.

Joze 2005 yilni yodga oldi: garchi jamoaga yordam bera olmasligi mumkin bo'lsa-da, u kir kiyimlar ichiga kirib olgani haqiqatmi?

To'xtang, siz o'zi bu tarixni yaxshi bilasizmi?

"Bavariya"ga qarshi chorak finaldan oldin Mourino 1/8 finalda "Barselona"ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlari uchun ikkala bahsdan ham chetlatilgandi. U jamoasi bilan gaplashishi, jamoaning kiyinish xonasiga kirishi, tribunaosti joyida bo'lishi mumkin emasdi. Marhamat, VIP-loja.

"Bavariya"ga qarshi birinchi o'yin tunida Mourinoni tribunada ko'rishmadi. Biroq uning yordamchisi Ruy Fariya bosh kiyimini kiyib o'tirgandi. Uning qulog'ida quloqchinlari bor edi, bu ham taqiqlangani bois, Angliya matbuoti buni ko'rmasligi kerak edi. Darvozabonlar murabbiy Silvino Louro esa mahfiyona ravishda kiyinish xonasiga kirib, qog'ozlar olib chiqardi.

"CHelsi" va Mourino bu boradagi savollarga ancha vaqtdan buyon javob bermayotgandi. Nihoyat, Joze buni aytib berdi.

"Ha, rostdan ham men qutining ichida edim. Bu g'oya menga qanday kelganligini eslay olmayman. Men futbolchilar bilan yonma yon bo'lishim kerak edim va buni uddaladim.

Men kiyinish xonasiga kunduzi borgandim, soat taxminan 12lar edi. O'yin esa 19:00dan erta boshlanmasdi. Meni hech kim ko'rmadi va men jamoaning etib kelishini kutdim.

Muammo bitta - stadiondan qanday qilib chiqib ketaman? Jamoa administratori Styuart meni shu katta metall qutining ichiga soldi. Nafas olishim uchun uning qopqog'i biroz ochiq edi.

Styuart xonadan chiqqanidan keyin UEFA hodimlari xonaga kirdi. O'shanda u qutini yopib qo'ydi. Nafas ololmasdim! U qutini ochganida o'layozgandim. Jiddiy aytyapman".

SHundan keyin Mourinoni o'sha oqshomda hech kim ko'rmadi. "CHelsi" 4:2 hisobida g'alabaga erishdi. Demak, o'sha tun ideal tarzda o'tdi.

Xo'sh, bu Jozening aqlsizligimi?

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика