So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  4 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  4 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Buxoro” 2:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Buxoro” 2:1

Teglar :  QizilqumBuxoro
Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari bugun yig'in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi.

Jamoamizning bu galgi raqibidi Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi bo'ldi. 

“CHig'atoy”  sport bazasi suniy qoplamali maydonda o'tkazilgan bellashuvda futbolchilarimiz yig'in davomidagi uchinchi g'alabani tantana qilishdi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida Bekzod G'anijonov raqib himoyachilari va darvozabonini ajoyib tarzda dog'da qoldirishning uddasidan chiqdi. Keyinchalik aynan G'anijonovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini  Qadamboy Nurmatov bexato amalga oshirdi. O'yin oxirlarida buxoroliklar bir to'p bilan javob qaytarishdi, xolos.

Ushbu bellashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o'tkazdi: Evgeniy CHeremisin, Erkin Boydullaev (s), Suhrob Yarashev, Alisher Sanoev,  Fayzulla Qambarov, Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Eluja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov, Azizbek Usmonov, Murodbek Bobojonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Begzod G'anijonov, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Qadamboy Nurmetov, Timur Usmonov, Viktor Grigorev.

“Qizilqum” futbolchilari ushbu o'yin bilan Toshkentdagi ilk yig'inga yakun yasashdi. Yig'in davomida navoiyliklar uchta nazorat uchrashuvini o'tkazishib, ularning barchasida (“Qizilqum” – “Qo'qon-1912” 3:2, “Qizilqum” – “Bunyodkor” 3:1, “Qizilqum” – “Buxoro” 2:1) g'oliblikka erishishdi. Qisqa tanaffusdan keyin jamoaning yig'ini Navoiy shahrida davom ettiriladi. Fevral oyida Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish rejalashtirilgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика