23 dek 2018 14:30

​MYU skautlari "Roma" futbolchisini kuzatishmoqda

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Roma" himoyachisi Kostas Manolas mankunianliklar etiborida bo'lib turibdi.

Xabaringiz bor, kecha "Roma" o'z maydonida Turinning "Yuventus" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu uchrashuvga "Manchester Yunayted" skautlari tashrif buyurishdi va Kostas Manolasning o'yinini bevosita stadiondan kuzatib borishdi.

Etiborlisi, "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali transferi amalga oshmasa, "qizil iblislar" "Roma"ning aynan 27 yoshli himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Yana bir himoyachi "Fiorentina" sharafini himoya qilayotgan Nikola Milenkovich ham qishki transfer vaqtida MYU sotib olishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida turibdi.  

Manba : Football Italia
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +3 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика