19 dek 2018 21:29

Mourino istefosidan so'ng ilk marta jurnalistlar bilan muloqot qildi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
“Manchester Yunayted” sobiq ustozi Joze Mourino istefoga chiqarilgandan so'ng ilk bor OAV xodimlari qarshisida ko'rinish berdi.

“Men sayrga chiqishim mumkinmi, yo'qmi? MYUdan ketishim haqida hech narsa deyishni istamayman, meni yaxshi bilasizlar. Agar men bilan sayr qilishni istasangiz, yuringlar Battersi (Londonning shimoliy tumani)ga qadar birga boramiz”, deya Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Kecha, 18 dekabr kuni portugaliyalik mutaxassis MYUdan istefoga chiqarildi. Mavsum yakuniga qadar Sulsher MYU bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mourino 2016 yil yozida “qizil iblislar” boshqaruvini qo'lga olgandi. U bilan jamoa uchta sovrinni qo'lga kiritdi. 

Manba : Sky Sports
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +14 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика