So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

"Mehr News" agentligi vakili: "O'zbekistonning bu turnirda g'olib bo'lish imkoniyatlari past" Yangiliklar

"Mehr News" agentligi vakili: "O'zbekistonning bu turnirda g'olib bo'lish imkoniyatlari past"

Eron hamda Iroq terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo Kubogining 3-tur uchrashuvidan oldin eronlik jurnalist, "Mehr News" agentligi muhbiri Sayid Muhammadi Murtazodan intervyu oldik.

"Iroqqa qarshi o'yin qiyin bo'ladi, chunki ular Yaman yoki vetnamliklardan kuchliroq.  Futbolchilar jismonan baquvvat, maydonni yaxshi ko'ra olishadi, qarorlar chiqarishda kam adashishadi, qisqa va uzun paslarda yaxshi harakat qilishadi. Biroq Eron terma jamoasi ushbu uchrashuvda g'alaba qozona oladi. Milliy jamoamiz o'yinchilari ham raqib kabi jismonan kuchli va tartibli. Natija biz uchun ijobiy bo'ladi deb umid qilaman.


Ravshan Ermatov? Ermatovni yaxshi taniymiz. U Eronga ko'p kelgan, "Ozodiy" stadionidagi uchrashuvlarni boshqargan. U elkama-elka kurashlarga ko'p imkon beradi.
To'purarlar poygasi? Sardor Azmun va Eldor SHomurodov ushbu turnirda 3tadan gol urdi. Azmun haqida to'xtaladigan bo'lsak, u haqiqiy hujumchi. Sardor raqib harakatlarini oldindan o'qiy oladi va qaerda zarba berish yoki aldash kerakligini yaxshi biladi. Eldor SHomurodov ham yaxshi forvard. U Azmun kabi Rossiya Premer-ligasida o'ynaydi. To'purarlar poygasida Azmun g'alaba qozonishiga umid qilaman.

BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogiga Erondan 20ga yaqin jurnalistlar tashrif buyurishgan. Men ishlaydigan "Mehr News" nashrida 200dan ortiq xodim ishlaydi. Nashrimizda futbolni yoritadigan jurnalistlar soni 5 kishi va ularning barchasi hozir ushbu musobaqada ishlashmoqda.



Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Ayni damda jamoangizni mashhur Ektor Kuper boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis himoyaviy taktikani maqul ko'radi. U ko'proq o'z darvozasini quruq saqlash haqida o'ylaydi. O'z g'oyasi va falsafasiga ega murabbiy. Yaqin yillar ichida Kuper jamoani yangi darajaga olib chiqishi mumkin, ammo O'zbekiston terma jamoasining bu turnirda g'olib bo'lish imkoniyatlari past. Osiyo Kubogida chempionlikka asosiy davogarlar - Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya" - deydi eronlik jurnalist.


Jasur Aslanov suhbatlashdi

Reyting: -87   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика