Oldinroq "shaharliklar" "Lion"ning 21 yoshli futbolchisi bilan kelishib olgani va klubga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorligi borasida malumotlar tarqagandi.
"L’Équipe" malumotiga ko'ra, Sherki hali hamon yakuniy javobni aytmagan. Shu sababli klub har ehtimolga qarshi alternativ sifatida "Leypcig" yarim himoyachisi Xavi Simonsni ko'rmoqda.
Futbolchining o'zi ham evrokuboklarga ilina olmagan sababli jamoadan ketishni niyat qilib yuribdi.
O'tgan mavsumda Simons Bundesliganing 25 o'yinida 10 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.