Luis Suares: "Har bir futbolchi Klopp bilan ishlashni xohlaydi"
23 jan 2019 19:24
Yangiliklar


Luis Suares: "Har bir futbolchi Klopp bilan ishlashni xohlaydi"
"Barselona" hujumchisi Luis Suares sobiq jamoasi haqida iliq fikr bildirdi.
– Hech bo'lmaganda bitta uchrashuvda "Liverpul" sharafini himoya qilgan futbolchi butun umr klub bilan bog'lanib qoladi. Hozir jamoa ajoyib futbol o'ynamoqda. Ular bu yili qanday natija ko'rsatishlari menga juda ham qiziq. O'ylaymanki, klub bundan ham ko'prog'iga tayyor bo'lishi mumkin.
– Yurgen Klopp boshqaruvida o'ynashni xohlarmidingiz?
– Biz hozir ikkita boshqa klublarda faoliyat olib boryapmiz. SHuning uchun, ayni paytda savol noto'g'ri manzil tomon bo'ldi. Lekin, har bir futbolchi Yurgen Klopp qo'lostida ishlashni xohlashiga ishonchim komil, – deydi Suares.
O’xshash yangiliklar
08:30
"O'zbekistonda qolsam, "Bunyodkor"dan boshqa jamoaga o'tmasdim" - Luis Kachorri bilan intervyu 3

Fikrlar