26 dek 2018 18:19

Kutib oling, "GOL" jurnali va "Erudit Sport" Osiyo Kubogi-2019ga bag'ishlangan sonini chop etdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Barchamiz intiqlik bilan kutgan Osiyoning har to'rt yillikdagi eng katta futbol bayrami – Osiyo Kubogi-2019 sanoqli kunlardan keyin boshlanadi.

O'z odatiga ko'ra, yirik turnir oldidan "Gol" jurnali va "Erudit Sport" gazetasi ijodiy jamoasi "Osiyo Kubogi-2019" glyanc jurnalini chop etdi. 36 sahifadan iborat nashrda taniqli jurnalistlar Mirzahakim To'xtamirzaev, Xayrulla Hamidov, Davron Fayziev, Eldor Mustafoev, Nodirxo'ja Yuldashev, Diyor Imomxo'jaevlarning Osiyo Kubogi-2019 borasidagi mulohazalari, terma jamoamizning qanday natija qayd etishi borasidagi fikr hamda taxminlari joy olgan. Jurnalda turnirga bog'liq barcha malumotlar, jumladan, BAA stadionlariga sayohat, 24 terma jamoa tarkibi va transfer narxlari, chempionlar va sovrindorlar, Osiyo Kubogi-2019ning eng qimmatbaho futbolchisi va 10 terma jamoasi berilgan. Jurnal 27 dekabr, payshanba kunidan O'zbekiston bo'ylab matbuot do'konlari va tarqatuvchilarida sotuvga chiqadi. Darvoqe, Osiyo Kubogi-2019 o'yinlari qulay devoriy taqvimi ham o'rin olgan.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика