02 fev 2019 14:55

Keyrushning istefodan keyingi gaplari ko'pchilikni shokka tushirdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush Osiyo Kubogi-2019 yarim finalidagi mag'lubiyatdan so'ng Eron terma jamoasidan ketdi.

Murabbiy istefosidan so'ng bergan videointervyu ko'pchilikni shokka tushirdi.

Eron hukumati uzoq yillardan beri mamlakat milliy jamoasiga etarli darajada moliyaviy yordam ko'rsata olmayotgani ko'pchilik uchun sir emas, ammo ularga Qatar moliyaviy ko'mak bergan ekan. Bu haqida Keyrush quyidagilarni aytdi:

"Agar Qatar futbol associaciyasi bo'lmaganida, hech narsa qila olmagan bo'lardik! Yig'in, o'rtoqlik o'yinlarini tashkil qilolmasdik. Ular hammasini to'lab berishdi.

Ular so'nggi bahsda hamma xarajatlarni ko'tarishdi. Eronda hech narsa yo'q - nol!

Jamoani birlashtirish uchun bor kuchimni ishga soldim. Haqiqat shunday. Biz o'zimizni hech qanday muammo yo'qdek tuta olmaymiz" - deydi Keyrush.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +87 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика