So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

Iroq bosh murabbiyi: "Futbolchilardan telefonni tortib ololmayman" Yangiliklar

Iroq bosh murabbiyi: "Futbolchilardan telefonni tortib ololmayman"

15 yanvar kuni Dubaydagi "Al Maktum" stadionida Osiyo Kubogi 3-turi doirasidagi Iroq - Eron uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab unda Iroq bosh murabbiyi Srechko Katanec va futbolchi Humam Tariq qatnashdi.

"Guruhdagi dastlabki ikki o'yindan so'ng 6 ochko to'pladik. Keyingi bosqichga chiqib bo'ldik. Barchasi alo darajada. Tarkibdagi barcha o'yinga tayyor, hech qanday jarohatlar yo'q. Bizda hech qanday bosim yo'q. Ertaga chiroyli bahs bo'ladi deb o'ylayman, o'ylayman emas aniq shunday bo'ladi", - deb gap boshladi Srechko Katanec.  




Keyingi bosqichda kimga qarshi o'ynashimizning farqi yo'q. Ertaga maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.

Karlush Keyrush 7 yoki 8 yildan buyon Eronni boshqarmoqda. Men Iroqqa kelganimga atigi 4 oy bo'ldi xolos. SHu bois bizni taqqoslash noto'g'ri. Eron safida top futbolchilar juda ko'p buni bilamiz, biroq biz ham osongina taslim bo'lmaymiz.

"Persepolis"ni uzoq yillar boshqargan Branko Ivankovich bilan aloqalarimiz ajoyib. Ammo ishontirib aytamanki undan Eron terma jamoasi haqida malumot olganim yo'q.

Futbolchilar ko'p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazmoqda? Hozir shunday zamon. Texnikalar rivojlanib bormoqda, shu bois men futbolchilardan telefon yoki planshetini olib qo'ya olmayman", - deydi Katanec.




"Eron kuchli jamoa. Ularga qarshi chiroyli bahs bo'ladi. Yaratgan qo'llasa ertaga 3 ochkoga ega chiqamiz. Barcha yigitlar bunga tayyor", - deydi Humam Tariq.


Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика