05 jan 2019 16:39

Iordaniya bosh murabbiyi: "Avstraliya biz bilan bahsda juda qiynaladi deb umid qilaman"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Iordaniya - Avstraliya uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Iordaniya ustozi Vital Borkelmans ishtirok etdi.

"Futbolchilarim ushbu katta musobaqa tayyorligi juda muhim. Jamoam kundan-kunga kuchayib bormoqda. O'yinda nima bo'lishini ko'ramiz. Men ikkita Jahon chempionatida o'ynaganman va katta musobaqalar qanday hissiyotlarga boy bo'lishini bilaman.



Avstraliyaning ko'plab futbolchilarini bilaman. Ularning murabbiyiga qarshi Belgiyada o'ynaganman. Bu jamoada tajriba katta. Ular Jahon chempionati va Osiyo Kuboklarida muvaffaqiyatli ishtirok etishgan.

Avstraliyaliklarning mentalitetini juda yaxshi bilaman. Ular kuchli, jismonan tayyor, aqlan etuk va o'z mamlakatiga ishonishadi.



Iordaniya Avstraliya, Xitoy yoki istalgan boshqa davlatga o'xshamaydigan mamlakat.

To'rt haftalik yig'inning dastlabki ikki haftasida biz kuniga uch mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Ayni paytda ham jismonan, ham ruhiy jihatdan tayyormiz. Birinchi o'yin juda muhim.

Hozir baxtli murabbiyman. Iordaniya juda ham o'zgardi. Umid qilamanki, Avstraliya biz bilan bahsda juda qiynaladi. Bazida sizda yaxshi jamoa bo'lsa ham yutqazib qo'yishingiz mumkin", - deydi Vital Borkelmans.



Eslatib o'tamiz, Iordaniya - Avstraliya uchrashuvi 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.


Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика