04 jan 2019 20:46

Ikardining rafiqasi "Inter"ga qattiq talab qo'ydi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Nara Milan klubi rahbariyatiga qattiq talab qo'ydi.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, Nara rahbariyatga turmush o'rtog'ining maoshini yiliga 9 million evro qilib belgilanishini va uning tovon puli 160 million evro bo'lishi kerakligini talab qilgan.

Argentinalikning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi. Bunda uning tovon puli 110 million evro etib belgilangan. Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Real" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Bu mavsumda 25 yoshli forvard "Inter" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 13 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

Manba : Corriere della Sera
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +5 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика