So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Hokim kubogi. “Yozyovon-Lochinlari” dastlabki uchrashuvda g'alaba qozondi Yangiliklar

Hokim kubogi. “Yozyovon-Lochinlari” dastlabki uchrashuvda g'alaba qozondi

Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 1-turi doirasida “Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) va “Uz Dong Yang Ko” (Andijon) jamoalari to'qnash kelishdi.

Bugun Yozyovon tumanidagi “Markaziy” stadionda Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 1-turi doirasida “Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) va “Uz Dong Yang Ko” (Andijon) jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuv har ikki jamoa azolarining faol harakatlari bilan boshlandi.



O'z muxlislari qarshisida o'ynayotgan yozyovonliklar dastlabki daqiqalardanoq hujumkor o'yin namoyish eta boshladilar. Birinchi bo'lim o'rtalarida mehmonlarning 3-raqamli futbolchisi Azizbek Maxmudov hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilib, maydonni tark etdi. Oradan 10 daqiqa o'tib uchrashuvda hisob ochildi. “Yozyovon-Lochinlari”ning yosh futbolchisi Asilbek Qayumov qanotdan uzatib berilgan to'pga boshi bilan zarba berib mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi – 1:0 Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.



Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham murosasiz bellashuvlarga boy bo'ldi. Har ikki jamoa vakillarida ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, yana mezbonlar gol urishning uddasidan chiqishdi. Bu safargi gol yozyovonliklarning yosh futbolchisi Abdumalik Ismoilov hisobiga yozildi – 2:0. Ikkinchi bo'lim so'ngida mehmonlarda ham gol urish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, samara keltirmadi. Uchrashuv shu tariqa Salimjon Zokirov bosh murabbiyligidagi “Yozyovon-Lochinlari”ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.    




Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019”. “D” guruhi.
1-tur.
“Yozyovon-Lochinlari”-“Uz Dong Yang Ko” – 2:0 (1:0)  
Hakamlar: 
Muxammadsulton Fozilov, Maxmudjon Rustamov, SHaxboz Vaxobjonov.
Nazoratchi – E.Oripov.
Gollar: Asilbek Qayumov (1:0), Abdumalik Ismoilov (2:0)
“Yozyovon-Lochinlari”: SHaxbozbek Madaminov, Xusanboy G'aniev, Karimberdi Mamadaliev, Mirzoxid Mirzamahmudov, SHaxboz Abduraxmonov, Bunyodbek Abdumannonov (Abdumalik Ismoilov), Zoxidbek Ismoilov, Maqsadbek Ibragimov (Abdumutal Abduraxmonov), Asilbek Qayumov, Muxammaddiyor Hakimov, Ozodbek Akbarov.
Zaxira: Davlatbek Ikromjonov, Asadbek Akromov, Muxammadjon Akromov, Jasurbek Otaxonov, Obidjon Azizov, Naimjon Yusufjonov.
"Uz Dong Yang Ko":  Jasur Sobirov, Javoxir Ortiqmirzaev, Azizbek Maxmudov, Sardor Marufjonov, Oyatillo Sobirov, Muxammadkarim Toirov, Muxammadibroxim O'lmasov, A.Abduraximov, N.Nuriddinov, S.G'ulomjonov, Quvonchbek Keldiboev.  
Zaxira: Izzatbek Abdulxonov, Jamshidbek Davronov, Ilxom G'ulomov, Abdulaziz Azizullaev, P.Komiljonov, Islombek Nematov, Asdbek Abdujalilov


Bekzod Tolibov tayyorladi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика