So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ertaga qura! PFL kecha 11ta klubga xat yuborgan, lekin... Yangiliklar

Ertaga qura! PFL kecha 11ta klubga xat yuborgan, lekin...

Xabaringiz bor, ertaga PFL Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimini o'tkazadi.

Kecha PFL Superligada ishtirok etuvchi 11 klubga qura tashlash marosimi bo'lishi haqida malumot bergan va marosimda jamoa bosh murabbiyi hamda klub direktorlari ishtirok etishini so'ragan.

Hozircha yangi mavsumda Superligada nechta jamoa ishtiroki etishi nomalumligicha qolayotgandi. PFL ham bu haqda rasman chiqish qilib, agarda kimki talablarni bajarmasa, unda jamoalar soni 10taga qadar qisqarishi mumkinligi ham qo'shimcha qilingandi.

Hozircha rasman o'z tasdig'ini topmagan, ammo bizga malum bo'lishicha, Superligada yangi mavsumda 12 jamoa qatnashadi. Biroq gap shundaki, PFL qura tashlash marosimi haqidagi xatni 12 jamoaga emas, balki faqatgina 11 klubga jo'natgan. Bular: "Paxtakor", "Nasaf", "Metallurg", "Navbahor", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Buxoro", "Lokomotiv", "Andijon", AGMK va "Qizilqum".

Malumot o'rnida: PFL klublarga yuborgan xatlar "So'g'diyona"ga yuborilgan xat pochta manzili allaqachon klubni tark etgan sobiq matbuot kotibasi Dildora Xolbaeva nomiga, "Metallurg" klubi buxgalteri Akmal Sodiqov pochtasi va "Navbahor"ga yuborilgan xat O'FA tomonidan futboldan chetlatilgan Rasul Akramov nomidagi elektron pochtaga jo'natilgan.

Negadir PFL "Bunyodkor" klubiga Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lishi haqida rasman xat yubormagan.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" jamoasi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Superligada 4-o'rinni qo'lga kiritgan va PFL qo'yayotgan barcha talablarni bajarayotgandi.

Qizig'i, "Bunyodkor" PFLning futbolchi va klub xodimlarining ro'yxatga olish tartibidagi ro'yxatdan ham o'rin olgandi. Biroq negadir Superligaga qura tashlash marosimidagi ro'yxatdan tushib qolgan.

Qayd etish kerakki, anchadan buyon o'z tarkibini kuchaytirayotgan "Surxon" jamoasi yangi mavsumdan etiboran Superligada o'ynashi mumkinligi haqida turli mish-mishlar yurgandi.

"Surxon" jamoasiga tegishli vakillar bilan bog'langanimizda, ular ham hozircha qura tashlash marosimiga rasman taklif etilishmaganini bildirishdi. SHuningdek, jamoaga taklif etilgan futbolchilar aynan shu masalani kutib turishganini malum qilishdi. "Surxon" klubi ayni paytda jamoa kelasi mavsumni aynan qaysi ligada o'tkazishini kutmoqda.

Qiziq, PFL nega "Bunyodkor"ga rasman xat yubormagan? Yoki yodidan chiqib qoldimikan? Har holda ertaga "Bunyodkor" o'rniga Superligaga "Surxon" qatnashmasa kerak. PFL ketma-ket uchinchi bor o'z reglamenti va sport principlarini mensimaydigan tashkilotga aylanib ulgurmagandir?

PFLdan mazkur holat bo'yicha rasmiy izoh kutib qolamiz.

Reyting: -137   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика