So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

Eldorbek Suyunov muvaffaqiyatli operaciya qilindi Yangiliklar

Eldorbek Suyunov muvaffaqiyatli operaciya qilindi

O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" darvozaboni jarrohlik stoliga yotqizildi.

Bugun Turkiyaning Istanbul shahridagi shifoxonada o'ng oyoq tizzasini operaciya qildirgan Eldorbek Suyunovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi.

Qayd etish kerakki, yaqindagina chap qo'li kichik panjasini sindirib olgan darvozabon jamoa mashg'ulotlariga qaytgach avvaldan bezovta qilib kelgan o'ng oyoq tizzasidagi og'riq qaytalangan. SHundan so'ng darvozabon mazkur jarohatdan to'liq forig' bo'lish maqsadida jarrohlik amaliyotini o'tkazishni maqul ko'rdi. Bir soat avval yakunlangan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi.

Superliganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi kiperi bo'lgan Eldorbek Suyunov taxminan 1,5 oy ichida, aniqrog'i mart oyi boshlarida safga qaytishi kutilmoqda. Darvozabon "Paxtakor"ning OCHL pley-off bosqichidan o'rin olgan Iroqning "Eyr Fors" jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, bundan avval 2015 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng Eldorbek Suyunov Moskvada chap oyoq tizzasini operaciya qildirgandi. Bu safar esa o'ng oyoq tizzasidagi jarohatidan to'liq forig' bo'ldi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика