So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

Diyor Imomxo'jaev nimaga shama qildi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev nimaga shama qildi?

PFL Bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev o'z Telegram kanalida post qoldirdi.

"AGMK klubi Oliy ligada qanday paydo bo'lib qolganini eslaysiz-a? Adashmasam, o'shanda 1-ligani 8-o'rinda tugatgandi. Keyin birdan yuqorining qarori bilan boy klubga aylanib qoldi va Oliy ligaga qo'shilib oldi.

Bu kabi misollar bizda hamma davrda bo'lgan va hali bo'ladi ham. CHunki, futbolga pulni kim berayotgan bo'lsa, uning aytgani bo'ladi. Sport principlari esa qachonki klublar o'zi pul topishni boshlaganidan keyin ishga tushsa kerak. 

Xulosa: kto platit tot i zakazyvaet muzyku".

PFLda faoliyat yuritayotgan Diyor Imomxo'jaev aftidan bu gaplarni bekorga yozgani yo'q. Tez orada Superligada qandaydir o'zgarish bo'ladi shekilli. Anchadan beri "Surxon"ning bu mavsum Superligada ishtirok etishi haqida gap-so'zlar bo'lyapti. SHunga "Surxon" vakillari PFLga kelgan bo'lishlari mumkin.

Malumot uchun, hozircha Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi jamoaga bir nechta yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Masalan, Asilbek Omonov, SHerzod Karimov, Azam Aliev, Azamat Allaniyazov shular jumlasidan. Qolaversa O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo Kubogida ishtirok etgan Davron Hoshimovning ham shu klubga o'tishi kutilmoqda. Har holda Osiyo Kubogida yaxshi o'yin namoyish etgan futbolchi Proliga klubiga bormasa kerak. 

Balki Diyor Imomxo'jaev umuman boshqa narsani nazarda tutgan bo'lishiyam mumkin. Voqealar rivojini kutib qolamiz.

Reyting: -89   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика