So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Dinamo Navoiyda Qizilqumni mag'lub etdi Yangiliklar

Dinamo Navoiyda Qizilqumni mag'lub etdi

Teglar :  QizilqumDinamo
Bugun Samarqandning “Dinamo” jamoasi Navoiy shahrida Superliganing yana bir vakili “Qizilqum” klubi mehmoni bo'lib, safardan g'alaba bilan qaytdi.

Ushbu nazorat bahsida Navoiy jamoasi bosh murabbiyi Hamid Aktamov ham, Samarqand klubi bosh murabbiyi Davron Fayziev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

O'rtoqlik uchrashuvi ham qizg'in kurashlarga boy, shiddatli o'tdi.

41-daqiqada “Qizilqum” futbolchisi Artur Gevorkyan o'yinda hisobni ochdi va jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda “Dinamo” safida zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Sanjar Baratov 59-daqiqaga kelib muvozanatni tikladi, 1:1.

Ushbu goldan ruhlangan “Dinamo” futbolchilari hujumkorlikni oshirishdi. Natijada 72-daqiqada samarqandlik 23 yoshli hujumchi Amirjon Safarov “Qizilqum” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi, 1:2.

O'yinning so'nggi daqiqalarida “Dinamo”ning zaxiradan tushgan yana bir futbolchisi o'z so'zini aytdi. 19 yoshli yarimhimoyachi Jasur Ashurov hujumni muvaffaqiyatli yakunladi, 1:3.

Bu goldan keyin hujum qilishda davom etgan navoiyliklar yana bitta gol urishdi. Bu safar ham turkmanistonlik legioner Artur Gevorkyan “dubli” evaziga hisobni qisqartirdi, 2:3.

O'rtoqlik uchrashuvi.
Navoiy shahri. 1 fevral (juma)


«QIZILQUM» - «DINAMO» - 2:3

Gollar:
Artur Gevorkyan 41, 89 – Sanjar Baratov 59, Amirjon Safarov 72, Jasur Ashurov 86.

“Qizilqum”: Evgeniy CHeremisin, Fayzulla Qambarov, Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Salim Mustafoev, Mirjalol Qosimov, Alisher Sanoev, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan, Elguja Grigalashvili, Murod Bobojonov.
Zaxira: Artyom Makosin, Suhrob Yarashev, Humoyun Abdualimov, Bekzod G'anijonov, Azizbek Usmonov, Sardor Jahonov, Eldor Boymatov.

“Dinamo”: SHohruh Eshbo'taev, Otabek Narzullaev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon Alamxonov, Avaz Agaliev, Obid Hakimov, Bobur Qosimov, Dilmurod Karimov,  S.Abdullajonov, Temur SHaripov, Amirjon Safarov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHohruh Raimov, Vohid SHodiev, Sanjar Baratov, Komil SHarofutdinov, SHerzod Jalilov, Mirkomil Lokaev, Jasur Ashurov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика