15 jan 2019 01:53

Dibala: "Har doim "Yuventus"da o'ynashni xohlaganman"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala doim turinliklar safida harakat qilishni istagani haqida fikr bildirdi.

"Kelajakda meni nima kutayotganini aytish qiyin. Futbolchi faqat ayni vaqtda qaerda o'ynyotganini biladi. Ertaga qaerda bo'lishi sir. SHunga qaramasdan, "Yuventus"da o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Har doim bu erda o'ynashni xohlaganman. Hozir menda hammasi joyida va baxtliman. Francuz klubiga o'tish? "Hech qachon" so'zini ishlatish mumkin emas. Lekin, ayni vaqtda PSJ kelajakdagi rejalarimdan o'rin olmagan", — deya Dibalaning so'zlarini Canal+ havolasi orqali keltiradi Football Italia nashri.

Avvalroq, Dibalaga PSJ, "Real", myunxenning "Bavariya" klubi va "Manchester Siti" jamoalari qiziqish bildirishayotgandi. Turin klubi 25 yoshli argentinalikni 100 million evrodan kamiga jamoadan qo'yib yubormasligini malum qilgan.

Manba : Football Italia
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +3 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика