21 jan 2019 10:58

Bugun o'zgarishi kerak bo'lgan statistika

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Osiyo Kubogi nimchorak finalida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o'ynaydi.

O'quvchilarimiz etiboriga bu jamoalar o'rtasidagi oldingi o'yinlar statistikasini taqdim etmoqchimiz. 

Avstraliya va O'zbekiston bunga qadar 3 marta o'zaro uchrashuv o'tkazishgan. Dastlabki to'qnashuv 2008 yil Toshkentda bo'lgan. JCH-2010 saralashi doirasida "sokkeruz"lar "Paxtakor"da 1:0 hisobida g'alaba qozonib ketishgan. 

2009 yil 1 aprel kuni Sidneyda o'tgan bahsda Avstraliya javobsiz 2ta gol urgan. Bu jamoalar o'rtasidagi hozirgacha so'nggi bahs 2011 yil Qatarda kuzatilgan. Osiyo Kubogi yarim finali doirasida yashil qita vakillari 6:0 hisobida zafar quchishgani ko'pchilikning yodida. 

Demak, O'zbekiston bu jamoaga qarshi 3ta o'yinning barchasida yutqazgan va umuman gol ura olmagan. Bugun raqib darvozasiga kim to'p kiritsa, tarixga Avstraliyaga gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kiradi. SHunday ekan olg'a yigitlar!


Umid qilamizki, biz uchun qora bo'lgan statistika bugun o'zgaradi. 



Asian Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

21/01/2019, 19:00

Australia

4 : 2

Uzbekistan

Tugadi
Mark Milligan - 121'
Robbie Kruse - 121'
Apostolos Giannou - 121'
Matthew Leckie - 121'
Otabek Shukurov - 121'
Ikrom Alibaev - 121'

Stadion: Khalifa Bin Zayed Stadium, 6809 tomoshabin

Match-senterda ochish

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +19 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика