So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Intervyu. Bobur Amonov: "Buxoro" jamoasidan doimo minnatdorman" Yangiliklar

Intervyu. Bobur Amonov: "Buxoro" jamoasidan doimo minnatdorman"

Bir necha yillar davomida “Buxoro” jamoasida o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'plab muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan asli buxorolik Bobur Amonov bu yil jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Uning oldida bir qator takliflar bo'lsa-da, Bobur “Andijon” jamoasining taklifini qabul qildi va rasman shartnoma imzoladi. Bo'lajak mavsum oldidan Bobur Amonov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Bobur, bir necha yillar davomida “Buxoro” jamoasida barqaror o'ynadingiz. “Buxoro”dan ketishingizga nima sabab bo'ldi?
- Har bir futbolchi o'z oldiga maqsad qo'yadi va shu maqsad sari intiladi. O'z ustida ishlashni va jamoamiga yordam berishni istaydi. Ko'p yillar davomida “Buxoro” jamoasida to'p tepdim. Men Buxoro futbol maktabi tarbiyalanuvchisiman va jamoa mening oilamdek edi. Bu yil esa  o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rishni xohladim. Lekin “Buxoro” jamoasi har doim hayotimda qoladi va balki qachondir yana o'z viloyatim jamoasi sharafini himoya qilishimga ishonaman. “Buxoro” klubining barcha xodimlaridan va muxlislaridan doimo minnatdorman.




- Bilamiz “Buxoro” jamoasini tark etganizdan so'ng sizga bir qator klublardan takliflar bo'ldi. SHularning orasidan siz nega aynan “Andijon”ni tanladingiz?

- To'g'ri, bir qator klublardan takliflarni oldim. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. “Andijon” o'z oldiga jiddiy maqsad qo'ygan va ularning rejalari menga yoqdi. Bundan tashqari jamoada ko'plab futbolchilar bilan tanishman. SHu sababli, xech ikkilanmay “Andijon”ning taklifni qabul qildim. Uylaymanki, jamoadoshlarim bilan g'alabalarga erishib andijonlik muxlislarini xursand qilamiz.

- Bobur Amonov ushbu mavsumda o'z oldiga qanday rejalar va maqsadlarni qo'ydi?

- Avvalo yangi jamoaga foydam tegishini istayman. O'z ustimda ko'proq ishlashni va jamoadoshlarim bilan g'alabalarga erishishni xohlayman. Buning uchun ko'limdan kelgancha barcha ishlarni amalga oshiraman.



- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Buxorolik muxlislar meni to'g'ri tushunishlarini so'rab qolaman. Hayotimda ularning o'rni beqiyos. SHu paytga qadar yaxshi va yomon kunda ham qo'llab-quvvatlab kelganliklari uchun o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Andijonda futbolni sevishadi. O'z suyuklilarni Superligada doimo stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolaman.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика