So’nggi yangiliklar

14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  1 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   20 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  4 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  58 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8

Birinchi liga. Oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi – Qadamboy Nurmetov Yangiliklar

Birinchi liga. Oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi – Qadamboy Nurmetov

Bu yil birinchi ligadagi har bir voqelikni imkon qadar keng qamrovda yoritib borishga intilayotgan “SA” birinchi ligadagi eng yaxshi futbolchini har bir oyda aniqlab borishni yo'l qo'ygandi.
Ortda qolgan oktyabr oyi natijalariga ko'ra, “oyning eng yaxshi futbolchisi” deb Qadamboy Nurmetovni topdik. “Xorazm” klubining iqtidorli hujumchisi ortda qolgan oy davomida jamoasining muvaffaqiyatlariga salmoqli xissa qo'shgani bilan ajralib turdi. Umuman olganda “Xorazm”ning oktbyar oyidagi qayd etgan natijasini ijobiy baholash mumkin. 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat. 19 yoshli Nurmetov oktyabr oyida hammasi bo'lib, 4ta gol urdi. Etiborlisi Qadamboy to'p kiritgan o'yinlarda jamoasi g'alaba qozongan. Xususan 12-turda “NBU-Osiyo” darvozasiga Nurmetovni bitta to'p kiritgan va bu uchrashuvda “Xorazm” 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan.

14-turda “Oq-tepa” mehmoni bo'lgan urganchliklar safarda o'ynashlariga qaramay, 2:1 natijasi bilan g'alabaga erishgan. “Xorazm”ning ikkinchi goliga aynan Nurmetov mualliflik qilgan. SHuningdek Qadamboy 16-turda “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsda dubl qayd etib, jamoasining g'alabasini taminladi. Aynan ushbu faktlar ham “Xorazm”ning iqtidorli hujumchisini qanday o'yin ko'rsatganini isbotlab turibdi.

2-o'ringa esa “Spartak”ning to'purar hujumchilaridan biri Islombek Isoqjonovni loyiq deb topdik. Ushbu futbolchining ham oktyabr oyida qayd etgan natijasi chakki bo'lmadi. Isoqjonov ham huddi Nurmetov kabi bir oyda 4ta to'p kiritishga erishdi. Uning jamoasi “Spartak” oktyabr oyida 4ta g'alaba qayd etib, ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Islombek mana shu oktyabr oyidagi bo'lib o'tgan 6ta o'yinda jamoasi uchun muhim to'plarni kiritib, g'alabaga katta hissa qo'shdi. Xususan 20 yoshli hujumchi 12-turda “CHust-Paxtakor”qo'shdi. 14-turda esa “Kosonsoy” darvozabonini ranjitib, “Spartak” uchun g'alaba keltirdi. Keyingi turda “Paxtakor-2” bilan uchrashuvda ham Isoqjonov raqib darvozasini ishg'ol etishni uddaladi.

3-o'rin uchun uzoq o'ylanishlardan so'ng, “NBU-Osiyo” azosi Oleg Drajjukni munosib deb bildik. Sababi bu futbolchi ham oktyabr oyida jamoasi uchun foydali gollarni urishga erishdi. Ayniqsa 13-turda chempionat peshqadami “Mashal”ga qarshi kechgan bahsda Drajjuk uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qilish bilan birga jamoasiga muhim uch ochkoni keltirgani bilan ko'pchilikni etiborini tortdi. SHuningdek 3-o'rin uchun jiddiy kurashgan “Zarafshon-PFK” bilan safarda kechgan bahsda ham Oleg dubl qayd etib, yakunda “NBU-Osiyo”ga bir ochko keltirdi. Ushbu o'yinda jangavor durang qayd etilgandi, 3:3.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика