Bernardu Silva Abduqodir Husanov haqida gapirdi
01 mar 22:06
Yangiliklar


Bernardu Silva Abduqodir Husanov haqida gapirdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoadoshi Abduqodir Husanov haqida gapirdi.
"Abduqodir uchun ingliz tilini bilmasdan va tilni ozgina tushunib Angliyaga kelish osonmas.
"U ehtimol bir hafta shug'ullangandir. O'yinchilar kam, jamoa oldingidek barqaror bo'lmagan paytda "Chelsi"ga qarshi o'ynashiga to'g'ri keldi, shu sabab unga qiyin bo'ldi va ilk harakatidayoq xatoga yo'l qo'ydi. Men biroz bo'lsada undan bosimni olishga harakat qildim.
U fantastik darajadagi iqtidor va u bunday narsa kattaroq, tajribaliroq o'yinchilarda ham bo'lib turishini tushunishi kerak. Bunday vaziyatlarda qanday munosabatda bo'lishingiz muhim. Shundan so'ng u o'ziga keldi va o'yindan-o'yinga rivojlanib bormoqda, shunday ekan uning xarakteri namoyon bo'layotganini ko'rish yoqimli", — dedi Bernardu Silva.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar