So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Aziz Turg'unboev masalasida O'FAning maxsus komissiyasi ish boshladi, qaror 5 fevralda qabul qilinishi mumkin Yangiliklar

Aziz Turg'unboev masalasida O'FAning maxsus komissiyasi ish boshladi, qaror 5 fevralda qabul qilinishi mumkin

Aziz Turg'unboevning qaysi klubga tegishli ekanligi masalasi dolzarb bo'lib turganidan xabaringiz bor.

Joriy yilning 22 yanvar kuni "Paxtakor" klubi Aziz Turg'unboev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani OFK CHempionlar ligasi saralash bahslari uchun ro'yxatdan o'tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub PFL bosh direktoriga mazkur shartnomaga imzo qo'ygan futbolchi "Navbahor" safida xorij yig'inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan murojaat yo'lladi. SHundan so'ng mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O'FAning "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita"siga oshirildi.

Natijada "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita" hamda "Intizom va odob-axloq qo'mitasi" komissiyasi bugun, 2 fevral sanasidan ushbu masala yuzasidan ish boshladi. SHu boisdan bugun har uchala tomon O'FA binosiga chaqirildi va ular navbatma-navbat tinglandi. Dastlab Aziz Turg'unboevning o'zi vaziyatga izoh berdi. So'ngra "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov taklif etildi va uning fikrlari eshitildi. Keyin esa "Navbahor" vice-prezidenti SHamshod Sarikov va klub direktori Rasul Akramov komissiya azolariga o'z talqinini bayon etdi. SHuningdek, "Intizom va odob-axloq qo'mitasi" so'rovi bilan suhbatga chaqirilgan, mazkur vaziyatdan bevosita xabardor bo'lgan "Navbahor" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ham ushbu nizoli vaziyat yuzasidan o'z bilganlari bilan o'rtoqlashdi.

Aziz Turg'unboevning transferi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi FOTO


Futbolchi ham, klublar ham ushbu chigal holat qanday yuzaga kelgani borasidagi o'z talqinlarini gapirib berishdi. Komissiya azolari suhbat davomida vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Aziz Turg'unboevga ham, klublar vakillariga ham savollar bilan murojaat qildi.

Yakunda har uchala tomon, shuningdek, "Navbahor" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovning barchasi tinglab bo'lingach, komissiya mazkur chigal vaziyatni echishga yordam beradigan dalil va hujjatlarni taqdim etish uchun tomonlarga dushanba kuni soat 12:00gacha vaqt berdi. Komissiya azolari mazkur holat yuzasidan to'plangan barcha faktlarni seshanba, 5 fevral kuni muhokama etish uchun yana to'planadi.


Agar ushbu masala bo'yicha yana qo'shimcha malumot va ko'rsatmalar talab etilmasa, komissiya o'z qarorini 5 fevral kuni elon qilishi mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика