20 jan 2019 07:41

Anri: “Tanqidlarga etibor bermasdan, ishlashda davom etishim lozim”

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
“Monako” bosh murabbiyi Terri Anri Franciya chempionati 21-turida “Strasburg”dan (1:5) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“Markush Lopeshga nisbatan qo'pollik ishlatilganida VAR tizimi nimagadir ishlamay qoldi. Nega bunday bo'ldi? O'sha vaziyatdan salgina o'tib, tizim ishlay boshladi. Qiziq holat. Hakamning aytishicha, faqat o'sha vaziyatda VAR ishlamay qolgan. Men “Monako”ga kelganimdan buyon hozirgi paytgacha hech qachon hakamlar va hakamlik haqida gapirmagandim. Sabr kosam to'ldi, chamamda. 

Biz birinchi bo'limda 10 kishi bo'lib qolganimizga qaramay raqibga nisbatan yaxshiroq ko'rindik. Aynan o'sha vaqtda biz gol urdik va yana penalti tepishimiz lozim edi. “Monako”ga kelganimdan buyon aytib kelayapman: biz yuqori divizionda o'z o'rnimizni saqlab qolishimiz kerak. Tanqidlarga etibor qilmasdan ishlashda davom etishimiz, hammasini qaytadan boshlashimiz lozim. 

Naldo haqli tarzda qizil kartochka bilan jazolandi, chunki u so'nggi himoyachi edi. O'sha vaziyatda u xatoga yo'l qo'ydi va buni o'zi ham tan oldi. U men jamoada ish boshlaganimdan buyon bizga faqat foyda keltirayotgan edi” deya Anrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Monako” matbuot xizmati. 

“Monako” Franciya chempionati 19-turidan so'ng 15 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 19-pog'onasida bormoqda. “Strasburg” esa 32 ochko bilan 5-o'ringa ko'tarildi.

Manba : "Монако" матбуот хизмати
Bu xabar bilan bo'lishing:
  0 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика