03 fev 2019 18:04

“Andijon” serbiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Bo'lajak chempionatga tayyorgarlikni poytaxtimizda davom ettirayotgan “Andijon” jamoasi o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzishda davom etmoqda.

Tarkibni kuchaytirish uchun taklif etilgan bir qator xorijlik legionerlar bilan muzokara olib borildi va yakunda serbiyalik markaziy himoyachi Aleksich Radosav bilan shartnoma imzolandi.

Malumot uchun: Aleksich Radosav 1986 yilning 6 mart kuni Bosniya va Gercogovinada tavallud topgan. Bo'yi 190 sm. Ampluasi markaziy himoyachi. So'nggi jamoasi FK “Radnik” (Bielina).
2013/2014 yilgi mavsumda Bosniya va Gercogovina chempionatida ishtirok etgan “Zrinski” klubi bilan mamlakat chempionligini nishonlagan. O'sha mavsumning 2-davrasida “Zrinski” klubiga kelib qo'shilgan Radosav 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, barcha uchrashuvlarda to'liq (900 daqiqa) harakat qilgan.


2017/2018 yilgi mavsumda “Krupa” klubida o'ynagan jamoamizning yangi azosi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi bilan birgalikda Bosniya va Gercogovina Kubogi finaligacha etib kelgan va finalda “Jeleznichar” klubiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


Faoliyati davomida Serbiyaning “Napredak”, “Radnichki”, Bosniyaning “Slaviya”, “Zrinski”, “Travnik”, “Krupa” va “Radnik” klublari sharafini himoya qilgan Aleksich Radosav bundan buyon “Andijon” jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

Manba : "Андижон" матбуот хизмати
Bu xabar bilan bo'lishing:
  -19 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика