03 jan 2019 11:42

“Andijon” bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Andijon” jamoasi o'z qarorgohida tayyorgarlikni boshladi.

Murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urmoqda. O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Siroj Hamroev, Laziz Ubaydullaev, SHoxruh Boyqo'ziev, Qadamboy Nurmetov, Sunnatilla Mamadaliev, Sunnatulla Abdullajonov, Nodirxon Kamolov hamda Jahongir Omonov singari futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qilindi.

SHuningdek, “Bunyodkor” jamoasidan ijaraga olingan Javohir Qilichev, Nodir Mavlonov, Doniyor Abdumannopov hamda “Nasaf” futbolchisi Elbek Otaqulov ham o'z klubiga qaytib ketgan.

Murabbiylar shtabi ularning o'rnini boshqa futbolchilar bilan to'ldirishga qaror qilgan va ayni damda bir qator o'yinchilar bilan muzokara o'tkazilayotgani malum bo'ldi.
“Burgutlar” yangi yil tatilidan keyin bugundan yana o'z qarorgohida to'planib, navbatdagi yig'inga kirishadi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  -10 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика