"Zomin" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Tolibjon Qosimov
10 apr 2021, 11:27
Avval xabar berganimizdek, “Zomin” jamoasi bugun safarda “Paxtakor-79” jamoasi qarshi uchrashuv bilan Birinchi ligadagi ishtirokini boshlaydi.

Klub Birinchi liga o'yinlaridan oldin jamoaga yangi mavsumda qabul qilingan o'yinchilarni muxlislar oldida tanishtirdi. Jamoaning yangi futbolchilariga omad tilaymiz.

"Zomin"ning yangi a'zolari bilan tanishing:

Darvozabon

1.Rahimjon Abduqodirov ("Yangier")

30.Fazliddin Isomiddinov ("So'g'diyona")

Himoyachilar

6.Jahongir Ismoilov ("G'ijduvon")

26.Doston Berdiqulov ("Zomin")

29.Sardor Usmonov ("Zomin")

35.Shuhrat Sadirdinov ("G'ijduvon")

31.Javohir Hamidullaev ("Zomin U-18")

Yarim himoyachilar

7.Tursunmurod Hamdamov ("Xorazm")

11.Muhammad Odilov ("Qizilqum")

14.Muhiddin Odilov ("Ko'ktosh", Tojikiston)

20.Sanjar Davronov ("Zomin U-18")

26.Muhammadazim Nurmatov ("Chig'atoy")

32.Mirsulton G'aniqulov ("Zomin U-18")

33.Bahodir Daminov ("Yashnobod")

36.Kamronbek Abdulhamidov (AGMK)

Hujumchi

28. Bekzod Ahmedov ("Yashnobod")


Bu yilgi mavsumda PRO-liga musobaqalariga qaytishni ko'zlagan jamoaga Birinchi liga o'yinlarining boshlanishidan oldin yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Zominlik murabbiy Asqar Umarov yana "Zomin" jamoasi bosh murabbiy bo'ldi. U oxirgi 2 yilni "G'ijduvon" jamoasi bosh murabbiyi sifatida o'tkazgan.

Bosh murabbiy oldiga klub rahbariyati tomonidan jamoani Birinchi ligada 1-o'rinni egallab, PRO-ligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish vazifasi qo'yildi.

Eslatib o'tamiz, bosh murabbiyga Berdiyor Mamurov yordam beradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Зомин" матбуот хизмати