“Zomin” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2019, 12:38
Xabaringiz bor, Jizzax viloyatining “Zomin” jamoasi PRO-Liga “B” guruhida ishtirok etadi.

Bu yilgi mavsumda yuqori marralarni ko'zlayotagn “Zomin” jamoasi PRO-Liga o'yinlarining boshlanishidan oldin bosh murabbiy tayinladi.

Futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 2011 yilda “Nasaf” jamoasi bilan OFK kubogi va “Mustaqillikning 20 yilligi” ko'krak nishoni sohibi, Oliy liga o'yinlarida “Mashal”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Olmaliq” “Sug'diyona” va “Sho'rtan” jamoalarida to'p surgan Jaxongir Jiyamurodov PRO-liga “B” guruhida ishtirok etayotgan “Zomin” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bosh murabbiyga jamoani PRO-liga “B” guruhi o'yinlariga tayyorlash va guruhda 1-o'rinni egallash vazifasi topshirildi.

Eslatib o'tamiz, bosh murabbiyga Berdiyor Mamurov yordam beradi. “Zomin” jamoasi PRO-liga “B” guruhi “G'arb” mintaqasida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Зомин” матбуот хизмати