Zoir To'raqulov: “Sho'rtan”ning maqsadi - kuchli oltilik”

Narzulla Saydullayev
6 mar 2016, 19:52
"Nasaf" - "Sho'rtan" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Sho'rtan” bosh murabbbiyi Zoir To'raqulov qatnashdi.

- Qashqadaryo xalqini yangi mavsum bilan tabriklayman. Viloyatimizning barcha uch jamoa yaxshi natijaga erishishiga tilakdoshman. “Nasaf”ning yangi mavsumdagi barcha uch o'yinini ham ko'rib chiqqandik. Yaxshi shakllangan jamoa ekanligi barchaga ma'lum.  Bir yoki ikki yillik jamoa emas.  Bunday jamoa bilan ishlash ham oson. Shunga qaramay ijobiy natija uchun  harakat qildik. “Nasaf” bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. Futbolchilarimga rahmat yaxshi uyin ko'rsatishdi. Keyingi bahsni G'uzorda  “Qizilqum” bilan o'tkazamiz. O'z muxlislarimiz oldida g'alaba uchun harakat qilamiz.  

- Jamoani bu yilgi maqsadimiz imkon boricha kuchli oltilikka kirish.  Albatta, jamoaga birdan maqsad qo'yish qiyin. Barchaga ma'lum mavsum yakunlangach, jamoaga boshqa murabbiy taklif qilingan edi. Keyin menga ishonch bildirildi. Bungacha dekabr yig'ini boshlanib bo'lgan edi. Yanvar va fevral oylarida ham bo'sh chiziqlarga futbolchilar izlash bilan ovora bo'ldik.  Bizda himoya chizig'ida muammolar ko'p. Shu sabab boshqa poziciyada to'p tepadigan futbolchilarni ham himoyada o'ynatishga majburman, - deydi To'raqulov.

"Nasaf" matbuot xizmatidan saytimiz uchun maxsus

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia