

Bir necha yil mobaynida “Olmaliq”ni boshqargan Igor Shkvirin jamoani tark etgach, ko'plab futbolchilar ham “Olmaliq”dan kyetishdi. Ular orasida asosiy tarkib o'yinchilari ham bor edi.
Ayrim futbolchilarning klub bilan imzolagan shartnomasi yakuniga etdi. Bazilari yangi bosh murabbiy Viktor Kumikovning kelishi bilan kyetishga qaror qilishdi.

Shartnomasi yakunlangan futbolchilardan biri Zohir Pirimovdir. Tajribali yarim himoyachi oz emas, ko'p emas, naqd 9 yil mobaynida “Olmaliq” sharafini himoya qilgandi.
Hozirda Zohir “Sho'rtan” jamoasida ko'rikdan o'tyapti. Undan avval ma'lum muddat “Navbahor” mashg'ulotlarida ham ishtirok etgandi.



