Zlatanning gollari Piolini hayron qoldirmadi

7 fev 2021, 23:00
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Krotone"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan Zlatan Ibragimovich haqida gapirdi.

"Ibraning mashg'ulotlarini kuzatganim tufayli uning gollaridan hayratlanmayman. Chunki u chempion. Zlatanning hozirgi holatini saqlab qolish juda qiyin. Sababi shundaki, u yaxshi formada bo'lganida deyarli har doim ikkitadan gol uradi", -  dedi italiyalik mutaxassis "Football Italia" nashriga.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli shvetsiyalik hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida 11 uchrashuv o'tkazib, 14 ta golga mualliflik qilishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar