Zlatan termaga qaytmoqda

Mirjalol Normatov
6 mar 2021
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini qayta tiklaydi.

"FotbollDirekt" xabariga ko'ra, 39 yoshli hujumchi JCH-2022 saralashi boshlanishi oldin terma jamoaga qaytadi.

Ibragimovich terma jamoaning mart oyidagi o'yinlarga chaqirildi. Shvedlar 25 mart kuni Gruziya terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Zlatan 2001 yildan 2016 yilgacha Shvetsiya terma jamoasida to'p surgan. U 116 o'yinda 62 ta gol urgan holda terma jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Ibragimovich A Seriyaning 14 uchrashuvida 14 ta gol urgan va to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FotbollDirekt