Zlatan terma jamoaga qaytmoqda – u oktyabrdagi o'yinlar uchun chaqirildi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2021, 19:42
Shvetsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi JCH-2022 saralashi uchun jamoa tarkibini e'lon qildi.

Bugun Zlatan Ibragimovich CHL doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi, ammo u jarohatlan tiklanib, terma jamoa ixtiyoriga qo'shiladi.

39 yoshli forvard ushbu mavsumda "Milan" safida "Lacio"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, jarohat olgan edi.

Terma jamoaga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Pontus Dalberg (Donkaster Rovers), Kristoffer Nordfeldt (AIK), Robin Ulsen (Sheffild).

Himoyachilar: Lyudvig Augustinsson (Sevilya), Markus Danielson (Dalyan Ifan), Emil Kraft (Nyukasl), Viktor Lindelef (Manchester Yunayted), Martin Ulsson (Malme), Mattias Yoxansson (Legiya), Yoakim Nilsson (Arminiya), Karl Starfelt (Seltik).

Yarim himoyachilar: Yens-Lyus Kayuste (Midtyullann), Viktor Klasson (Krasnodar), Albin Ekdal (Sampdoriya), Emil Forsberg (RB Leyptsig), Deyan Kulushevski (Yuventus), Kristoffer Olsson (Anderlext), Robin Kvayson (Al-Ittifak), Ken Sema (Uotford), Mattias Svanberg (Bolonya).

Hujumchilar: Aleksander Isaak (Real Sosedad), Isaak Kise Telin (Bani Yas), Yesper Karlsson (AZ Alkmar), Magnus Eriksson (Yurgorden), Zlatan Ibragimovich (Milan).

Shvetsiya 9 oktyabr kuni Kosovo bilan, 12 oktyabrda esa Gretsiya bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: svenskfotboll.se