Zlatan “Milan”da qaysi raqamda o'ynashi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2020, 21:45
“Milan” jamoaga qaytgan shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovichning qaysi raqamni tanlaganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Ibra 21 raqamli libosda harakat qiladi. Uning, “Milan”dagi avvalgi raqami esa 11 edi. 

Zlatanning “rossonerilar” bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, u bu kelishuvdan 3,5 mln. evro ishlab oladi. Shuningdek, 500 ming evro miqdorida bonus mablag'iga ham ega chiqishi mumkin. Agar shartnoma muddati yana cho'ziladigan bo'lsa 38 yoshli forvard bonuslarni hisobga olmaganda 6 mln. evroni qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/acmilan