Zinchenkoga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2018, 13:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin.

Ukrainalik futbolchi yakuniy qaror qabul qilishdan avval jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan suhbat o'tkazmoqchi edi.

Oldinroq, "Vulverxempton" "Manchester Siti" yarim himoyachisi uchun 18 mln. evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingandi.

O'tgan mavsum Zinchenko APLning 8ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Express