

“Deyarli hamma “Liverpul”ni chempion sifatida tan olib bo'ldi. Biz juda ko'p ochko yo'qotdik, ammo hozir oldin bo'lgan ishlarni to'g'irlash uchun kech. Ammo bizda YCHL, Angliya Kubogi o'yinlari bor. Katta ehtimol bilan YCHL bahslarini avgustda davom ettiramiz. Nasib qilsa, “Real”dan ham o'tamiz. 1/4 va 1/2 final o'yinlari balki 1 ta o'yindan iborat bo'lib, faqat bitta shaharda o'tkazilar. Ammo buni hali tasdiqlashmadi”, - deydi Aleksandr Zinchenko.



